Yangiliklar

2024-yilning ilk yarmida necha nafar shaxs korrupsiyaga qo‘l urdi

3837 nafar shaxs
Foto: Bbc.com

2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi. Tahlil Antikor agentligi tomonidan ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tijorat banklarida 146 (186), Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177), huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64), Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40), Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 30 (33) nafar shaxs korrupsion jinoyatlarni sodir etgan.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237), davlat ulushi mavjud korxonalarida 103 (153), mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari ham ushbu jinoyatga qo‘l urgan.
Ma’lumot uchun, Agentlik 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali korrupsiya holatlari bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 174 ta normativ-huquqiy hujjatda 413 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan edi.