3-oktabr kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Chang-to‘zonlar ko‘tariladi
Rasm: armennano / Pixabay

Bugun, 3-oktabr kuni respublikaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Mamlakatning janubiy hududlarida shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 26-31 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 30-darajagacha isiydi, kechasi esa havo 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning ayrim joylarida yog‘ingarchilik kuzatiladi va momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo 15-20 daraja iliq bo‘ladi, kechga kelib havo 5-10 daraja salqin bo‘ladi.

Shuningdek