Yangiliklar

Better Cotton o‘zbek paxtakorlarini baholaydi

Tashkilot o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yo‘l xaritasini imzolaydi
Rasm: Unsplash

Better Cotton xalqaro notijorat tashkiloti O‘zbekiston korxonalarida paxta terish va qayta ishlash standartlarini monitoring qilishga kirishdi, deb xabar berdi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi.

Tashkilot mutaxassislari paxtachilik tarmog‘idagi islohotlar natijalarini, paxta-to‘qimachilik klasterlari va xo‘jaliklardagi mehnat sharoitlarini o‘rganadilar.

Better Cotton, shuningdek, mavsumiy xodimlar bilan shartnomalarni tekshiradi, bolalar mehnati va paxta sanoatida gender tengligiga rioya etilishini monitoring qiladi.

Noyabr oyida tashkilot O‘zbekiston korxonalari bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashni rejalashtirmoqda.

Paxta yetishtiruvchilar Better Cotton 3.0 barqarorlik standarti bo‘yicha baholanishi kutilmoqda.

Ushbu standartga muvofiqlik dunyodagi eng yirik to‘qimachilik kompaniyalari va savdo tarmoqlari, jumladan, H&M, IKEA va Levi Strauss bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan paxta yetishtiruvchilar qanday subsidiyalar olishi mumkinligi haqida yozgan edi.