Davaktiv «Yoshlik» sport majmuasini xususiylashtirish jarayonini boshladi
Invest Group Cente kompaniyasi – «Yoshlik» sport majmuasining 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) ma’lum qildi.
Portfolio Investments kompaniyasi ushbu xususiylashtirish jarayonini ilgʻor xalqaro tajriba asosida amalga oshirish uchun Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha konsultanti sifatida tanlab olindi.
Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi. Savdo jarayoni ikki bosqichda – sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) hamda Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) taqdim etish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Aktivni sotib olishga va uning keyingi faoliyatiga qoʻyiladigan shartlar: Aktivni sotib olgandan keyin uning balansidagi sport-sogʻlomlashtirish majmuasining faoliyat turini kamida 10-yil muddat saqlab qolish sharti qoʻyilgan.
Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini xohishlariga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab 2024-yil 1-noyabr soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar munir.yakubov@piamg.uz elektron pochta manziliga yuborishlari kerak boʻladi.
Ma’lumot uchun, Invest Group Centre – 2008 yilda tashkil etilgan boʻlib, turli sport turlarini shugʻullanish uchun moʻljallangan sport inshootlarini boshqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Ustav fondi: 4,11 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Humson» kurortini xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi tanlangani haqida xabar bergan edi.