Fidelity: X ijtimoiy tarmog‘i egasi almashgandan so‘ng qariyb 80 foizga arzonlashdi
Ilgari Twitter deb atalgan X ijtimoiy tarmog‘i tadbirkor Ilon Mask tomonidan sotib olinib, xususiylashtirilganidan keyin aksiyalarining deyarli 80 foizini yo‘qotdi, deb xabar berdi CNN portali Fidelity investitsiya kompaniyasi tadqiqotiga tayanib.
Tahlilchilarning tadqiqotiga ko‘ra, X aksiyalarining narxi avgust oyi oxirida $4,2 millionni tashkil etgan. Shu bilan birga, 2022-yil oktabr oyida Mask xizmatni sotib olganida, bu ko‘rsatkich $19,6 millionga teng edi. Shunday qilib, narx 79 foizga pasaydi.
Fidelity ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda X ijtimoiy tarmog‘i bor-yo‘g‘i $9,4 mlrd turadi. Bu tadbirkor uni sotib olgan $44 milliarddan ancha kam. Shu bilan birga, OAVning ta’kidlashicha, boshqa tahlilchilar xizmatni boshqacha baholashi mumkin edi.
Shuningdek, maqolada X qiymatining pasayishi resursdagi reklamadan tushgan daromadning pasayishi bilan bog‘liq degan taxmin ilgari surilgan. X hisobotga izoh bermadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2027-yilga borib Maskning boyligi trillion dollarga yetishi mumkinligi haqida yozgan edi.