Upay va Humans Pay tovar belgilariga ega bo‘lgan AJning faoliyati qimor o‘yinlari tufayli cheklandi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Ogohlantirishlarga qaramasdan “Maroqand” AJ taqiqlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ygan
Foto: Humans

Markaziy bankning nazorat qo‘mitasi tomonidan joriy yil sentabr oyi yig‘ilishlari davomida 21 masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ikki bankka nisbatan jarima qo‘llanildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, barcha tijorat banklari Kredit axborotining davlat reyestriga kredit axboroti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kechikib yoki noto‘g‘ri taqdim qilganligi sababli chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, ogohlantirishlarga qaramasdan «Maroqand» AJ tomonidan taqiqlangan xizmatlar (qimor o‘yinlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yib kelganligi sababli to‘lovlar bilan bog‘liq xizmatlari olti oyga cheklandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot Upay va Humans Pay tovar belgilariga ega. «Maroqand» asoschisi – Humans Companies. 

Yig‘ilishlari davomida ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 14 ta masala, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 7 ta masala, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqishga doir 3 ta masala ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval «United Payment Solution» AJ to‘lov tashkiloti faoliyatni litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida amalga oshirmaganligi sababli ushbu jamiyatning to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank Xitoyning Eksimbanki vakolatxonasini akkreditatsiya qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek