Inson kabi mulohaza yuritadigan sun’iy intelekt yaratiladi — Google
Google inson kabi mulohaza yurita oladigan sun’iy intellekt modelini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Agentlikning qayd etishicha, dasturchilar so‘nggi oylarda yangi turdagi dasturiy ta’minotni yaratishda muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda mantiqiy zanjirlarni qurishga qodir bo‘ladi.
Ushbu dasturlar matematika va kompyuter dasturlashidagi ko‘p bosqichli vazifalarni bajarish uchun mos keladi va foydalanuvchi so‘roviga eng yaxshi javobni generatsiya qilish uchun faqat bir necha soniya vaqt talab qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda Google Gemini chat-botini taqdim etgan edi. Bu esa turli xil ma’lumot turlarini, jumladan, matn, kod, audio, rasmlar va videoni tushunish, umumlashtirish, qayta ishlash va birlashtirish qobiliyatiga ega.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google va Volkswagen avtomobilchilari uchun sun’iy intellekt (AI) asosida bepul virtual yordamchini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.