Isroil armiyasi G‘azoda HAMAS hukumati rahbari vafot etganini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Harakatning bir qator yirik funksionerlari ham
Rasm: OneIndia

G‘azo sektorida HAMAS hukumati rahbari Ravi Mushtah halok bo‘ldi, deb xabar berdi Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati.

U bilan birga Falastin harakatining bir necha amaldorlari ham o‘ldirildi. Ular orasida HAMAS siyosiy byurosidagi xavfsizlik vaziri Sameh al-Siroj ham bor. Isroil Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular uch oy oldin Isroil Umumiy xavfsizlik xizmati (Shabak) ko‘magida o‘ldirilgan.

HAMAS harakatning yirik amaldorlari halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.

Mushtah 2017-yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilayotgan HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ng qo‘li edi.

2015-yilda AQSH Davlat departamenti Sinvarni rasman «alohida qidirilayotgan xalqaro terrorchilar» qatoriga kiritdi.

Avvalroq, Kursiv Uzbekistan Isroil TIV rahbari Isroil Kas BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni non-grata deb e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek