Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari gaz ta’minotidan o‘chirildi

eʼlon qilindi
soat 10:00 dan 18:00 gacha
Foto: «Hududgaz Poytaxt»

Bugun, 3-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ta’mirlash ishlari sababli Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Yangi Olmachi MFY Olmachi ko‘chasida 289 ta yerli xonadon, 4 ta ko‘p qavatli uyda 300 ta xonadon va 4 ta ulgurji iste’molchilarga gaz vaqtincha yetkazib berilmaydi.

Sergeli tumanidagi Sofdil MFYning 4 ko‘chasida 104 ta yerli xonadoni, Sergeli 6a mavzesidagi 23 ta ko‘p qavatli uyning 2514 ta xonadoni hamda 8 ta ulgurji iste’molchilar 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minotidan uziladi.

Ta’mir ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti darhol tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda gaz qazib olish 4,6 foizga kamaygani haqida yozgan edik.

Shuningdek