Nukusda gaz endi ko‘proq bo‘ladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ta’mirlash ishlari tufayli
                    
                            
«Urganchtransgaz» xodimlari Nukusni yoqilg‘i bilan ta’minlovchi tarmoq gaz quvurini ta’mirlashni yakunladi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
«Nukus-2» quvurining 17 kilometrlik qismida olib borilgan ta’mirlash ishlari tizimdagi gazning ishchi bosimini bir yarim barobar oshirish imkonini berdi.
Mutaxassislar gaz quvurini sinovdan o‘tkazib, uning kuz-qish mavsumiga tayyorligini e’lon qildi. Quvur allaqachon ishga tushirilgan va gaz tarmoqlariga ulangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini qanchaga oshirgani haqida yozgan edi.
