OpenAI ChatGPT’ni rivojlantirish uchun $6,6 milliard to‘plashga muvaffaq bo‘ldi
eʼlon qilindi
Kompaniyaning ayni damdagi qiymati $157 mlrd
Amerikaning OpenAI kompaniyasi ChatGPT’ni yanada rivojlantirish uchun investitsiyalarning yangi bosqichida $6,6 mlrd jalb qila oldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, investorlar qatoriga $1 mlrd sarmoya kiritgan Microsoft va $1,25 mlrd sarmoya kiritgan Thrive Capital kiradi.
Nashrning yozishicha, kompaniyaning qiymati hozirda $157 mlrdga baholanmoqda.
Bundan tashqari, OpenAI investorlarga agar kompaniya ikki yil ichida daromad keltirmasa, mablag‘larini olib qo‘yish imkoniyatini ham taklif etadi.
«Kursiv Uzbekistan» avvalroq OpenAI sun’iy intellekt (AI) modelini taqdim etgani haqida yozgan edi, u insondan ko‘ra tezroq «fikrlash» va murakkab savollarga javob bera oladi.