Rossiya temir yo‘llari O‘zbekistondan yuk tashish uchun chegirmalarni uzaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan sabzavot va mevalarni tashishda chegirma 50 foizlik chegirma 2025-yilga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari, kelgusi yildan boshlab Rossiyaning Selyatino stansiyasidan O‘zbekistonning Sergeli va Jizzax stansiyalariga refrijerator konteynerlar (sovitish tizimi mavjud konteyner)da yuk tashishga 20,4 foizlik chegirma ham davom ettiriladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning sakkiz oyi davomida O‘zbekiston Rossiyaga $407 mln qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berdi. Bir yil davomida Rossiyaga eksport hajmi 27 foizga oshdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi O‘zbekistonga poyezd orqali 260 avtomobil jo‘natgani haqida xabar bergan edi.