O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Murodil Murodillayev dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi.
Bronza medali uchun kechgan bahsda Murodillayev amerikalik dzyudochi Jonatan Yangni mag‘lub etdi. Jang -60 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi.
Tojikistonda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston terma jamoasi triatlon bo‘yicha Osiyo kubogida ikkita medal qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.