Polshadagi maktabda Ikkinchi jahon urushi davrida portlamay qolgan bomba topildi

eʼlon qilindi
355 nafar o‘quvchi va xodimlar maktabdan evakuatsiya qilingan
Foto: Report.az

Polshaning Otvok shahridagi boshlang‘ich maktab hududidan Ikkinchi jahon urushi davrida portlamay qolgan o‘q-dorilar topildi va binodagi barcha odamlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda Report Az ma’lum qildi.

Mahalliy politsiya matbuot kotibi Patrik Domaretskiy so‘zlariga ko‘ra, bomba mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida maktab hududida ishchilar tomonidan topilgan. So‘ng maktab binosidan 355 nafar o‘quvchi va xodimlar evakuatsiya qilingan, voqea joyiga sapyorlar darhol yetib borgan.

Avvalroq Samarqandda samolyotda bomba borligi haqidagi yolg‘on xabar tufayli Moskvaga parvoz kechiktirilgan edi.

Shuningdek