Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti o‘z faoliyatini boshladi

1-oktabr kuni AQShning Cintana Education kompaniyasi va Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Universitet oliy ta’lim sohasida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining ilgʻor tajribasidan foydalanadi. Unda muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalarida kadrlar tayyorlanadi.

2024/2025-oʻquv yilida universitetda Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yoʻnalishida bakalavr bosqichi joriy etiladi. Keyinchalik OTM Arizona davlat universitetining diplomlaridan tashqari AQSHning boshqa yetakchi universitetlari diplomlarini ham beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda payvandlashga ixtisoslashgan o‘quv markazi ochilgan edi.