Yangiliklar

Toshkentda «Fintech & Banking – 2024» forumiga start berildi

Forumda 10 ta davlatdan 300 dan ortiq ishtirokchilar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi soʻnggi trendlar va muammolarni muhokama qiladi
Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv Uzbekistan

3–4-oktabr kunlari Oʻzbekiston FinTech Assotsiatsiyasi va Axioma school hamkorligida tashkil etilgan «Fintech & Banking – 2024» xalqaro forumi boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Forumda 10 ta davlatdan 300 dan ortiq ishtirokchilar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi soʻnggi trendlar va muammolarni muhokama qiladi. Tadbir Oʻzbekiston Markaziy banki va moliya bozorining yetakchi ishtirokchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Tadbirda xalqaro ekspertlar barqaror Fintech texnologiyalari, sun’iy intellekt, elektron tijorat va boshqa mavzularni muhokama qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda kreativ forumi boshlangani haqida xabar bergan edi.