Xitoy va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida o‘ndan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi
eʼlon qilindi
Guandun provinsiyasining Samarqand viloyatiga biznes missiyasi yakunlariga ko‘ra
O‘zbekistonning Samarqand viloyati va Xitoyning Guandun provinsiyasi ishbilarmonlari hamkorlikka kelishib oldilar, deb xabar berdi Dunyo agentligi.
Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Ular tomonidan mahalliy tadbirkorlar bilan 14 ta hamkorlik memorandumi imzolandi.
Gap tibbiyot, elektrotexnika, qurilish, ta’lim, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatida qo‘shma loyihalar haqida bormoqda.
Hududlar o‘rtasida yana bir qator ikki tomonlama biznes missiyalarini tashkil etish va Samarqandda Xitoyning janubiy provinsiyalari mahsulotlarini namoyish etish rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Marg‘ilon va Xitoy o‘rtasida yangi blok-poyezd qatnay boshlagani haqida yozgan edi.