4-oktabr kuni respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

eʼlon qilindi
Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tariladi
Rasm: Pixabay

Bugun, 4-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘zbekistonning janubiy hududlarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Kunduzi havo 26-31 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda ham kechga kelib yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 30-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa havo 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 20-darajagacha isiydi, kechga kelib esa 5-10 daraja salqin bo‘ladi.

Shuningdek