Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Federatsiyaning sobiq raisi Alisher Sa’dullayev esa raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bo‘lib o‘tgan konferensiyada OʻzR bosh vaziri Abdulla Aripov Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda UzA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2022-yildan buyon federatsiya raisi vazifasida ishlab kelayotgan Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, yig‘ilishda kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik masalalari, federatsiyaning quyi bo‘g‘inini qayta shakllantirish, faoliyatini yanada jonlantirish hamda yoshlar o‘rtasida shaxmatning ommalashtirish borasida topshiriqlar belgilab berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib tayinlangan edi.

Shuningdek