Noqonuniy daraxt kesgan tadbirkor yerga egalik huquqidan mahrum bo‘lishi lozim – Ekopartiya

eʼlon qilindi
Daraxtni noqonuniy kesgan tadbirkor yerga egalik huquqidan mahrum bo‘ladi

Foto: Saylov-2024

Ekologiya partiyasi spikeri Kamolova Dildora bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatda ekologiyaga oid bir qator tashabbuslarni olg‘a surdi. Bu haqda Saylov – 2024 sahifasi xabar berdi.

Bino va koʻp qavatli uylarni qurishda birinchi jamoatchilikka xabar beriladi.

Ekologik huquqbuzarlikka javobgarlik joriy qilinadi.

Daraxtni noqonuniy kesgan tadbirkor yerga egalik huquqidan mahrum bo‘ladi.

Sanoat korxonalariga chiqindi chiqargani uchun kompensatsiya toʻlash majburiyati joriy qilinadi.

Kesilgan daraxt oʻrniga yangi daraxt ekish degan jazo yoʻq Oʻzbekistonda. Dasturda koʻzlangan maqsad amalda 39 holatda jarima qoʻllashdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XDP tirbandlik masalasi Seul va Tokio tajribasi bilan hal qilinishi haqida taklif bergan edi.

Shuningdek