Eron hukumati Isroil bilan ziddiyatda bir tomonlama vazminlik ko‘rsatmoqchi emas, ammo Yaqin Sharqda keng ko‘lamli urushga intilmaydi. Ushbu xabar Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) rahbariyatiga yetkazildi, deb xabar berdi Al Jazeera portali.
Bu haqda jurnalistlarga noma’lum Eron manbasi ma’lum qildi.
Isroilga kelsak, Al Jazeera ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat rahbariyati Eronning raketa hujumiga qanday javob berish haqida hali qaror qabul qilmagan. AQSH mojaro ko‘lamini kengaytirishdan qochishga chaqirmoqda.
Kursiv Uzbekistan oktabr oyi boshida Eron Isroilga qanotli va ballistik raketalar bilan hujum qilgani haqida yozgan edi.