«Hamkorbank» ATB jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Bank xizmati reklamasida faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan qolgan shartlar ko‘rsatilmagan
Foto: Hamkor bank ATB / google.com

«Hamkorbank» ATBning onlayn mikroqarz bank xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilgani aniqlangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bank xizmati reklamasida faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan bo‘lib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari ko‘rsatilmagan.

Ushbu holat reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan maxsus komissiya «Hamkorbank» ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek