Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi
Jahon banki tomonidan O‘zbekistonning xususiy sektor rivoji, ijtimoiy himoya va iqlim harakatlari uchun $800 millionlik imtiyozli kredit paketi tasdiqlandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi imtiyozli kredit paketini O‘zbekistonning inklyuziv va bardoshli bozor iqtisodiyotiga o‘tishini rivojlantirish uchun taqdim etadi. Shuningdek, qo‘llab-quvvatlanayotgan strukturaviy islohot dasturi biznes muhitini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘llar va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirishga qaratiladi.
Bundan tashqari, dasturda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, ijtimoiy himoya xizmatlarini kengaytirish hamda atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga tayyorgarlikni kuchaytirish ham belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Jahon bankini O‘zbekistonda pullik yo‘l qurilishiga jalb qilishni rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.