Notoʻgʻri davolaganlik uchun tibbiyot xodimlariga qat’iy javobgarlik belgilanadi – «Milliy tiklanish»

eʼlon qilindi
Mahalla raisi ikki bor saylanmaydi
Foto: Saylov-2024

Saylovoldi debatda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi spikeri Jahongir Shirinov ayrim muhim masalalarga doir takliflarni olg‘a surdi. Bu haqda Saylov – 2024 sahifasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bogʻchalardan boshlab korrupsiyaga nisbatan nafrat paydo qilinadi va davlat xizmatchilarining muntazam korrupsiyaga moyillik testi oʻtkaziladi.

Davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi va tasdiqlanishida, albatta, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish majburiyati joriy etiladi.

Mahalla raisligiga bir shaxsning 1 mahallada surunkasiga ikki bor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha norma kiritiladi.

Notoʻgʻri davolaganlik uchun tibbiyot xodimlariga qat’iy javobgarlik belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov ayollarni armiyaga chaqirishni taklif qilgan edi.

Shuningdek