OpenAI ChatGPT uchun yangi interfeysni taqdim etdi
eʼlon qilindi
ChatGPT Plus va Teams obunachilari interfeysdan foydalanishi mumkin
OpenAI kompaniyasi ChatGPT uchun yangi Canvas interfeysini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi interfeys ChatGPT Plus va Teams obunachilari uchun ochiq holatda 10-oktabrdan esa uni Enterprise va Edu foydalanuvchilari ham ishlatishlari mumkin bo‘ladi.
ChatGPT foydalanuvchilari Canvas interfeysidan ish samaradorligini oshirish uchun foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, yangilangan interfeys matn va kod yaratish hamda tahrirlash imkonini beradi, bu esa loyihalar ustida birgalikda ishlashni osonlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Google inson kabi mulohaza yurita oladigan sun’iy intellekt modelini yaratishi haqida xabar bergan edi.