O‘zbek diasporasi rahbari Rossiyaning Irkutsk shahrida qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Noqonuniy migratsiya uchun
Rasm: MatteoSunbreeze / Pixabay

Huquq-tartibot idoralari Rossiyaning Irkutsk shahridagi o‘zbek milliy markazi rahbarini hibsga oldi. Hibsga olingan shaxs noqonuniy migratsiyani tashkil etishda ayblanmoqda, deb xabar berdi «Kommersant» nashri.

Shuningdek, Irkutskdagi Tojikiston diasporasi raisi o‘rinbosari ham qo‘lga olindi.

Tergovning ta’kidlashicha, ushbu ikki shaxs moddiy rag‘bat evaziga rus tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikatlarni noqonuniy ravishda bergan. Tintuvlar davomida gumonlanuvchilardan 1,7 mln rubl (taxminan 227 mln so‘m) musodara qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi haqida yozgan edi. Endi bu jinoyat uchun mol-mulk musodara qilinishi mumkin.

Shuningdek