1 – 31-oktabr kunlari «Vikki yodgorliklarni sevadi» xalqaro fototanlovida 40 dan ortiq mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Bu haqda UzA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ishtirokchilar mamlakatning tarixiy binolari va diqqatga sazovor joylarining fotosuratlarini yuborishlari lozim. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy madaniy meros va me’moriy yodgorliklarga e’tiborni qaratish, shuningdek, turizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlov 2010-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan va 40 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olgan global loyihaning bir qismidir. Joriy yilda o‘zbekzabon Vikimediachilar respublika bosqichini Wikimedia fondi va O‘zbekiston Madaniy meros agentligi ko‘magida tashkil etishmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri USAID O‘zbekistondagi biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar dasturini ishga tushirgani haqida yozgan edik.