Yangiliklar

O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyot rivojlantiriladi

Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida vakolatli organ sifatida belgilandi
Foto: Gorodenkoff / depositphotos

Kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, uni rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga doir qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, kreativ industriya sohalariga adabiy ijod, amaliy san’at va hunarmandchilik, arxitektura, loyihalashtirish, urbanistika hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyat kiradi.

«Kreativ industriya sohalarida fuqarolarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi», – deyiladi xabarda.  

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda to‘rtinchi jahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tganini xabar bergan edi.