Sudyalar huquqlarining kafolatlanishi tarafdorimiz – «Adolat» SDP
Tashkil etilgan debatda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi spikeri Dilmurod Ismailov partiya Saylovoldi dasturiga kiritilgan muhim takliflarni bildirdi. Bu haqda Saylov – 2024 sahifasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mansabdor shaxslarning fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni Davlat budjetidan qoplab berilib, javobgardan budjetga zarur mablag‘larni undirishni qonunchilikda belgilash bo‘yicha tashabbus olg‘a surildi.
«Har qanday korrupsiyaviy holat va budjet mablag‘lariga xavf soluvchi vaziyatlarni partiyamiz qat’iy qoralaydi. Bu bo‘yicha bizda aniq takliflar bor», – deydi partiya vakili
Shuningdek, sudyalar huquqlari kafolatlanadi.
Partiya «Sudyalar maqomi toʻgʻrisida»gi qonunni qabul qilish, shu bilan birga yoʻl qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish gʻoyasini ilgari surdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekopartiya noqonuniy daraxt kesgan tadbirkor yerga egalik huquqidan mahrum qilish taklifini bergan edi.