Tadbirkorlikka noqonuniy aralashgan mansabdorlarning javobgarligi kuchaytiriladi – O‘zLiDeP
eʼlon qilindi
Sohaga oid jinoyat turlari kamaytiriladi
OʻzLiDeP spikeri Bobur Bekmurodov saylovoldi debatda tadbirkorlikka oid bir qator takliflar berdi. Bu haqda Saylov – 2024 kanali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlik bilan bogʻliq jinoyat turlari kamaytiriladi, soha erkinlashtiriladi. Qonuniy ishlayotgan va soliqlarni oʻz vaqtida toʻlayotgan tadbirkorlar tekshirilmasligiga erishiladi.
«Tadbirkorlikka noqonuniy aralashgan mansabdorlarning javobgarligi kuchaytiriladi. Mansabdor shaxslar tomonidan fermerlarga hosilni sotish, majburiy narx belgilash kabi aralashuvlar qat‘iy taqiqlanadi», – kabi takliflarni berdi spiker.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq partiya YaIMni odam boshiga $4 mingga yetkazishi haqida taklif bergan edi.