Tesla nosozlik tufayli 27 mingdan ortiq Cybertruck’ni qaytarib oladi

eʼlon qilindi
Bu yil hisobiga beshincha marta
Foto: Ca.news.yahoo.com

Nosozlik orqa kameradagi tasvir kechikishida bo‘lib, bu avtohalokatlar xavfini orttirishi sababli kompaniya 27 mingdan ziyod mashinani qaytarib oladi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, orqa kamera ikki soniya ichida ham haydovchiga mashina orqasida ketayotgan boshqa mashinaning tasvirini ko‘rsatmagan. Ba’zi avtomobillar orqa kamerasida sakkiz soniyagacha kechikish kuzatilgan. Bu Cybertruck tizimidagi dasturiy nosozlik tufayli yuzaga kelgan. Hozircha bu muammo natijasida hech qanday halokat yoki zarar ko‘rganlar qayd etilmagan.

Tesla orqa kameradagi kechikishni bartaraf etish uchun dasturiy ta’minot yangilanishini taqdim etishini aytdi.

Avvalroq yetkazib berishdagi kechikishlar, old oyna tozalagich dvigateli va trim bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari tufayli Cybertruck qaytarib olingan edi. Bir nechta Cybertruck egalari, shu jumladan, mashinalarini endigina xarid qilganlar ham artkichlar ishlamay qolgani haqida shikoyat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tesla Xitoy va AQShda elektromobillar narxini pasaytirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek