Yangiliklar

Tirbandlik masalasi Seul va Tokio tajribasi bilan hal qilinadi – Xalq demokratik partiyasi

Anomal issiq va sovuqda ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi
Foto: Sayov-2024

Tashkil etilgan saylovoldi debatda XDP spikeri Malika Qodirxonova ijtimoiy sohaga oid muhim takliflar bildirdi. Bu haqda Saylov – 2024 sahifasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, rahbarlik lavozimlariga haqiqiy professionallar oʻtirishi ta’minlanadi.

Homilador, yosh bolasi bor ayollar uchun qulay ish joyi, moslashuvchan ish rejimini qonun bilan kafolatlanadi.

Partiya davlat organlaridagi rahbarlik lavozimlarining 50 foizida ayollar boʻlishi haqida taklif berdi.

Shuningdek, shaharlardagi tirbandlik masalasini zich aholiga ega Seul va Tokio shaharlari tajribasidan kelib chiqib hal qilinadi.

Oʻzbekistonning iqlim sharoitini hisobga olib, anomal issiq va sovuq kunlarda xodimlar ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi notoʻgʻri davolaganlik uchun tibbiyot xodimlariga qat’iy javobgarlik belgilanishi lozimligi haqida taklif bergan edi.