Toshkentda School 21 raqamli texnologiyalar maktabi ochildi
2024-yil 2-oktabr kunida Toshkentda axborot texnologiyalari sohasida bepul ta’limni taklif qiluvchi School 21 kampusi ish boshladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga ta’lim muassasasi xabar berdi.
Bu O‘zbekistondagi maktabning ikkinchi kampusi bo‘lib, u taxminan 8100 kvadrat metr maydonni egallaydi va mamlakatning tarixiy shaharlari nomi bilan atalgan klasterlarni o‘z ichiga oladi. Interyer an’anaviy naqshlar va zamonaviy geometrik shakllarni birlashtiradi.
School 21 ijrochi direktori Zarina Luxmanovaning so‘zlariga ko‘ra, yangi kampusning ochilishi O‘zbekiston IT infratuzilmasini rivojlantirish uchun muhim qadamdir. Ayni paytda 10 000 dan ortiq arizachilardan 710 nafari allaqachon ta’lim olmoqda. Talabalarning o‘rtacha yoshi – 24 yoshni tashkil qiladi. Eng yoshi kattasi o‘quvchi 49 yoshda. Ularning yarmi dasturlashni endi o‘rganmoqda.
«School 21 ikkinchi kampusining Toshkent shahrida ochilishi O‘zbekistonning IT infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadamdir. Dastlabki qadamda 710 nafar ishtirokchini saralash “hovuzimiz»da birlashtirganligimizdan g‘oyatda xursandmiz. Ularning har biri – mamlakat kelajagiga hissa qo‘shadigan salohiyatli IT mutaxassisidir”, – deydi School 21 asosiy ijrochi direktor.
Qabul uchun 21-school.uz saytda ariza berish va saralash intensividan o‘tish kerak. O‘qitish IT’ning turli yo‘nalishlarini, jumladan, dasturlash, kompyuter tarmoqlari va ilovalarni ishlab chiqishni qamrab oladi.
Loyiha O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi School 21 IT boʻyicha oʻqishga qabul qilishni boshlagani haqida yozgan edi.