Yangiliklar

Toshkentdagi Gersen universiteti ikki poytaxt maktabi bilan hamkorlik qiladi

Tomonlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar
Foto: Яндекс

A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar filiali poytaxtdagi ikkita maktab bilan hamkorlik qiladi.

Unga ko‘ra, universitet Yakkasaroy tumanidagi 89-sonli umumta’lim maktabi va Shayxontohur tumanidagi 180-sonli matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorlik shartnomasi tuzdi.

Tomonlar birgalikda ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi, qo‘shma ilmiy tadbirlar o‘tkazadi va tajriba almashadi.

Kursiv Uzbekistan avvalroq O‘zbekistonda bolalar bog‘chalarida inklyuziv guruhlar tashkil etilishi haqida yozgan edi.