5-oktabr kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, eng baland joylarda esa qor yogʻishi mumkin
5-oktabr, shanba kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida havo biroz bulutli boʻlib, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkentda yogʻingarchilik kutilmoqda. Bundan tashqari, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, eng baland joylarda esa qor yogʻishi mumkin.
Shuningdek, ba’zi hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkinligini xabar qilishdi. Mamlakat boʻylab oʻrtacha havo harorati +20…+25° boʻladi. Toshkentda +22…+24°, togʻli hududlarda +10…+15° boʻlishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda qor yoqqani haqida xabar bergan edi.