Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internetda reklama qilishga javobgarlik belgilandi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bunday huquqbuzarlik uchun jinoiy va ma’muriy jazo belgilanadi
Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni tegishli qonunni imzoladi.
Qonunga koʻra, bunday huquqbuzarlik uchun jinoiy va ma’muriy jazo belgilanadi.
Giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay saqlaganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirildi. Ushbu moddada nazarda tutilgan eng yuqori jazo chorasi – uch yil qamoq jazosi hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent xalqaro aeroportida kuchli ta’sir qiluvchi modda olib oʻtilishiga chek qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.