Yangiliklar

Oʻzbekistonda islom sugʻurta tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Malayziya kompaniyalari bilan hamkorlikda
Foto: AndrewLozovyi / Depositphotos.com

Malayziya islom sugʻurtasi – takaful tamoyillarini Oʻzbekistonda joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Unda mahalliy Startegic Horizon Management System va Abkari Risk Management kompaniyalari rahbariyati ishtirok etdi.

Malayziyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda dastlabki bosqichda davlat sugʻurta kompaniyalari tarkibida alohida takaful xizmatlarini tashkil etish orqali ushbu tajribani bosqichma-bosqich xususiy sugʻurta kompaniyalarida tatbiq etishni taklif qilmoqda.

Takafulning oddiy sugʻurtadan farqi – unda maxsus sugʻurta jamgʻarmasi tuziladi. Jamgʻarma a’zolari oldindan e’lon qilingan tartib-qoidaga koʻra, sugʻurta uchun toʻlangan badallar jamgʻarmaga kiritiladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi eng yirik, samarali va tez rivojlanayotgan sugʻurta kompaniyalari reytingini tuzgan edi.