Yangiliklar

Putinning tugʻilgan kunida MDH yetakchilari Rossiyada yigʻiladi

7-oktabr, dushanba kuni Vladimir Putin 72 yoshga to‘ladi
Foto: O‘zbekiston prezidenti marbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tugʻilgan kunida MDH davlatlari rahbarlari bilan bir nechta ishchi uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga tayanib, «Kommersant» nashri xabar bermoqda.

«Alohida tantanali hech narsa boʻlmaydi. U ertalab yopiq ommaviy boʻlmagan ishchi uchrashuvlarini oʻtkazadi. Kechqurun MDH davlat rahbarlari bilan uchrashadi. Sizga batafsil ma’lumot beramiz», – degan Peskov jurnalistlar bilan suhbat chogʻida.

Eslatib oʻtamiz, 7-oktabr, dushanba kuni Vladimir Putin 72 yoshga toʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edi