Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) Toshkent shahridagi Ibn Sino bozori noturar binosini kimoshdi savdosiga qoʻydi. Bu haqda E-auksion platformasida xabar berildi.
Xaridor obyekt negizida ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasi asosida «ekobozor», savdo, xizmat koʻrsatish va koʻngilochar markazlarni qurishi kerak. Binoning umumiy maydoni 0,45 gektarga teng boʻlib, shundan 620,0 kvadrat metr joy qurilish osti maydoni hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Davaktiv «Yoshlik» sport majmuasini xususiylashtirish jarayonini boshlagani haqida xabar bergan edi.