Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumini qoʻllab-quvvatladi
eʼlon qilindi
Trampning so‘zlariga ko‘ra, avval yadroviy obyektlarga zarba berish kerak, shundan keyingina qolgan hamma narsa haqida qaygʻurish kerak
AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Shimoliy Karolinada saylovchilar bilan uchrashuvda Isroil Eron yadroviy inshootlariga zarba berishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.
Tramp AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning Isroil Erondagi yadro inshootlariga hujum qilmasligi kerakligi haqidagi soʻzlariga izoh berdi.
«Menimcha, u (Bayden — tahr.) adashadi. Bu siz boradigan nishon emasmi? Yadro quroli eng katta xavfdir», — deya taʼkidladi Tramp.
Trampning soʻzlariga koʻra, avval yadroviy obyektlarga zarba berish kerak, shundan keyingina qolgan hamma narsa haqida qaygʻurish kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron keng koʻlamli urushga intilayotgani haqida xabar bergan edi.