![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/08/4p4yof17007358590822_l-1024x576.jpg)
27-oktabrdan Uzbekistan Airways Goa shahriga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ekonom-klassdagi chiptalar narxi 3,6 million soʻmdan, biznes uchun esa 6,7 million soʻmdan boshlanadi. Toshkentdan Goaga parvoz davomiyligi taxminan toʻrt soatni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Goa – Hindistonning gʻarbiy qismida joylashib, Arabiston dengizi qirgʻoqlari bilan tutashgan shtat hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv UzAirways nafaqa yoshidagilar uchun 15 foiz chegirma e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.