Wildberries uchun kurash davom etmoqda: Bakalchuk sobiq xotinini sudga berdi
Rossiyaning Wildberries marketpleys hammuassisi Vladislav Bakalchuk sobiq rafiqasi Tatyana Kimga nisbatan 350 milliard rubllik (deyarli 47 trln soʻm) da’vo bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda Forbes portali xabar berdi.
Bakalchukning da’vosi sobiq xotinidan tashqari, «RVB» MChJ va «Vayldberriz» MChJga qaratilgan. U marketpleysdagi shuba korxonalarining aktivlarini topshirish boʻyicha bitimni haqiqiy emas deb topishni talab qilmoqda. Gap omborlar, logistika obyektlari, uskunalar, dasturiy ta’minot va savdo belgilari haqida bormoqda.
«Men bu bitimlarning barchasini noqonuniy deb hisoblayman, ular juda koʻp qonun buzilishlari bilan amalga oshirilgan», – degan da’vogar Forbesʼga.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bakalchuk va uning sobiq rafiqasi Kim oʻrtasida yuzaga kelgan mojaro haqida yozgan edi.