6-oktabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Tog‘li hududlarda  tuman tushishi mumkin
                    
                            
Bugun, 6-oktabr kuni Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik bo‘ladi. O‘rtacha havo harorati 20-25° bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Poytaxtda ham havo bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kunduzi havo 24-darajagacha isiydi, kechga kelib esa 10-14 daraja iliq bo‘ladi,
Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda jala quyishi mumkin. Tepaliklarda qorga aylanib tuman tushishi mumkin. Kunduzi havo 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.
