Yangiliklar

Emirates aviakompaniyasi peyjerlarni olib o‘tishni taqiqladi

Ratsiyalarni ham
Foto: aleximx/Depositphotos

BAA aviatashuvchisi Emirates samolyotlarida peyjer va ratsiyalarni tashishni taqiqladi, deb xabar berdi Reuters agentligi kompaniyaga tayanib.

Bunday qurilmalar bagaj yoki qo‘l yukida aniqlangan taqdirda, Dubay politsiyasi ularni yo‘lovchilardan olib qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi o‘rtalarida Livanda «Hizbulloh» a’zolari o‘rtasida ushbu qurilmalar portlashi sodir bo‘lgandi. Keyinroq Isroil prezidenti Itsxak Gersog uning mamlakati voqeaga aloqador emasligini aytdi.

CNN xabariga ko‘ra, Isroil maxsus xizmatlari portlovchi moddani peyjerlar batareyalari ichiga yashirishga muvaffaq bo‘lgan, uni aniqlab bo‘lmas edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hizbulloh»ning yangi rahbari Hoshim Safiy ad-Din aloqaga chiqmay qo‘ygani haqida yozgan edi.