Yangiliklar

O‘zbekistonda dorixonalarda bepul dori-darmon olish mumkin bo‘ladi

Harajatlarni davlat byudjeti qoplab beradi
Фото: psphotography/Depositphotos

O‘zbekistonda fuqarolarga dorixonalarda bepul dori-darmon olish imkonini beruvchi hujjat qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar beradi.

Bemorlarga dori-darmonlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tayinlaydi.

Dorilarni olish uchun bemor shifokorga murojaat qilishi kerak, u bitta tashxis uchun uchtagacha dorilarni yozib beradi. Shundan so‘ng bemor dorixona tizimida ro‘yxatdan o‘tgan elektron retseptni oladi. Retseptdan foydalanish uchun bemorda yetti kuni bor. Mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda bemorga yuboriladi. Preparatlar qiymati Davlat budjetidan qoplab beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda noqonuniy dori sotganlar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.