O‘zbekistonda konsertlarni o‘tkazish ustidan nazorat kuchaytiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qonun loyihasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
Foto: Unsplash

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga tadbirlarning batafsil ssenariylarini milliy qadriyatlar va an’analarga muvofiqligini tekshirish uchun «O‘zbekkonsert»ga yuborishni taklif qildi. Bu haqda vazirlik qarori loyihasida ko‘rsatiladi.

Bu sahnada artistlarning «nomunosib xatti-harakatlari»ning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Arizalarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlarni ham joriy etish ham rejalashtirilmoqda. Tashkilotchilar ssenariyni boshqa hujjatlar bilan birga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Konsert tashkilotchilari arizalarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imni quyidagi miqdorlarda to‘lashlari kerak: Toshkent shahrida – beshta bazaviy hisoblash miqdori, viloyat markazlarida – uchta bazaviy hisoblash miqdori, boshqa aholi punktlarida – bir bazaviy hisoblash miqdori. Yig‘im faqat konsert-tomosha faoliyati tashkilotchilariga tegishlidir.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda 30 Seconds to Mars konsertiga chiptalari sotuvi boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek