Pokistonga O‘zbekistonning yangi elchisi yetib bordi
eʼlon qilindi
Bu lavozimni Alisher To‘xtayev egalladi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonga keldi. Bu haqda «Dunyo» nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu lavozimga tayinlangunga qadar yangi elchi O’zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida va paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasida ishlagan.
U 2021 – 2024-yillarda Favqulodda va muxtor elchi bo‘lib ishlagan Oybek Usmonov o‘rniga tayinlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonga yangi elchi tayinlangani haqida yozgan edi.