Qirg‘izistonda yuridik shaxslar ish haqini naqd pulda to‘lagani uchun jarimaga tortiladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Besh ming somga
1-oktabr kuni Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi parlamentga qonun loyihasini kiritdi, unga ko‘ra, yuridik shaxslar ish haqini naqd shaklda to‘laganlik uchun besh ming som (755 ming o‘zbek so‘mi) jarimaga tortiladi. Bu haqda Tazabek portali xabar beradi.
Yangi qonun Qirg‘iziston Respublikasining Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksini ish haqini naqd pulsiz to‘lash bo‘yicha talablarni bajarmaslikka oid 90-modda bilan to‘ldirishni nazarda tutadi.
Vazirlar Mahkamasi ma’lum bir faoliyat turlari yoki hududlar uchun ish haqini naqd pulda to‘lash mumkin bo‘lgan shartlarni belgilashi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekiston O‘zbekistonga Qirg‘izistonning to‘rtta pansionati berilganini yozgan edi.