Qozog‘istonda AES bo‘yicha referendum yakunlandi

eʼlon qilindi
Ishtirokchilar soni deyarli 64 foizni tashkil etdi
Foto: Unsplash

6-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini (AES) qurish bo‘yicha referendum yakunlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, referendumda ishtirok etganlar soni 63,87 foizni tashkil etdi.

Eng ko‘p tashrif Qizilo‘rda viloyatida qayd etilgan – 82,48 foiz, eng past Olmaotada – 25,39 foiz.

Eslatib o‘tamiz, soat 14:00 da Markaziy saylov komissiyasi referendumni bo‘lib o‘tgan, deb e’lon qildi. O‘sha paytda unda 51,7 foizdan ortiq saylovchi ishtirok etdi.

Soat 16:40 ga borib respublika boʻylab ovoz berish jarayonida ikkita huquqbuzarlik holati aniqlandi. Birinchi holatda jismoniy shaxs jamoatchilik fikrini noqonuniy oʻrganish ishlarini olib borgan. Ikkinchisida esa noqonuniy agitatsiya holati kuzatilgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostona elektr stansiyasi qurilishiga xorijiy kompaniyalar konsorsiumini jalb qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzaxdagi kichik AES uchun o‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning Obninsk shahrida tayyorlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek