Yangiliklar

Taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston oltin va bronzani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston tarixda ilk bora
Rasm: MOQ

Janubiy Koreyada yoshlar oʻrtasida taekvondo boʻyicha jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar beradi.

-45 kg vaznda Dilmurod Marufjonov final bahsida oʻz raqibini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. -48 kg vaznda esa Behruz Salimov uchinchi oʻringa chiqdi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Aytish joizki, ushbu chempionat oʻzbek taekvondochilari uchun tarixiy boʻldi, chunki sportchi ilk bor oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonlik dzyudochi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgani haqida yozgan edi.